Siyosat
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Senat raisi Tanzila Norboyeva 15-may kungi uchrashuvda Ozarboyjon uchun Oʻzbekistondan yaqinroq doʻst yoʻqligi haqida gapirdi.
“Oʻtgan yilning oʻzida men Oʻzbekistonga 3-marta tashrif buyurdim. Bu biz uchun mamlakatingizdan yaqinroq doʻst yoʻqligini yana bir bor tasdiqlaydi”, — dedi Ilhom Aliyev.
Uchrashuvda Aliyev Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiyaning Ozarbayjonning buyuk farzandi, atoqli davlat va jamoat arbobi Haydar Aliyev tavalludining 100-yilligi munosabati bilan Ozarbayjon Milliy Majlisining navbatdan tashqari yigʻilishida ishtirok etayotgani, ushbu mamlakatning umummilliy lideri xotirasiga koʻrsatilgan yuksak hurmat-ehtirom uchun minnatdorlik bildirdi.
Oliy Majlis Senati raisi samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, davlatlar rahbarlarining saʼy-harakatlari bilan keyingi yillarda Oʻzbekiston—Ozarbayjon munosabatlari sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichga koʻtarilgani, ikki tomonlama aloqalarning ijobiy dinamikasi deyarli barcha yoʻnalish va darajalarda kuzatilayotgani, muhimi, ikki qardosh mamlakat xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar maydonlarida bir-birini qoʻllab-quvvatlab kelayotganligiga alohida toʻxtaldi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi qardoshlik aloqalari istiqbolli davom etishi muhimligi qayd etilib, ikki davlat yoshlarini birlashtirishga xizmat qiladigan maxsus forum tashkil etish masalasini koʻrib chiqish taklifi ilgari surildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q