Jamiyat
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Fanlar akademiyasi hamda Yozuvchilar uyushmasi hamkorlikda Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutida “Gʻafur Gʻulom ijodining maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati” mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy anjumani boʻlib oʻtdi.
Anjumanni Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov kirish soʻzi bilan ochdi. Soʻng Gʻafur Gʻulom hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Men oʻzbek shoiriman” nomli hujjatli filmi namoyish etildi.
Yigʻilishda akademik shoir Gʻafur Gʻulom ijodining turli qirralari, xususan, uning yangi oʻzbek adabiyoti taraqqiyotida tutgan oʻrni haqida soʻz bordi. Ayniqsa, ulugʻ adibning asarlari oʻzining xalqchilligi, yuksak badiiyati bilan nafaqat yurtimizda, balki, xorijda ham mashhur ekani taʼkidlandi.
Tadbirda soʻzga chiqqan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Markazi rahbari, senator Minhojiddin Mirzo Gʻafur Gʻulomning maʼnaviy olami haqida soʻzlab, jumladan shunday dedi: “XX asr oʻzbek adabiyotining eng yirik namoyandalaridan biri – ulugʻ shoir, zakiy olim, sharq adabiy-ruhoniy merosining zukko bilimdoni, hassos publitsist va mohir tarjimon, barcha yoʻnalishdagi faoliyatida ham xalqchil ruhni yuksak darajada ifoda eta olgan, oʻzi ham xalqning orasida eng sevimli shoir sifatida yuksak ehtiromlarga munosib koʻrilgan akademik Gʻafur Gʻulom adabiy-ilmiy merosi bugungi kunda ham maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan ulkan ahamiyatga ega. Gʻafur Gʻulom oʻz safdoshlari qatorida gʻoyat murakkab, gʻoyat ziddiyatli, tahlikali bir davrda yashadi. Lekin, u oʻzining tugʻma isteʼdodi va joʻshqin ijodkorligi bilan boshqa safdoshlaridan ajralib turadi. Zero, teran tafakkur va millatparvarlik ruhidagi goʻzal sheʼrlari, qalblarni titratib yuboradigan falsafiy nasri buning yorqin dalilidir”.
Anjumanda, shuningdek, akademik Naim Karimov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, senator Sirojiddin Sayyid, Gʻafur Gʻulom uy muzeyi direktori Olmos Gʻulomova adabiyotshunos olim Shuhrat Rizayev kabi olim va ijodkorlar ishtirok etdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q