Jamiyat
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Namangan davlat universiteti oʻqituvchisi oʻzganing ishonchiga kirib, tanishlari orqali uning qarindoshini Qirgʻiz Respublikasidagi oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kiritib, soʻngra Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasasiga koʻchirib berish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanidagi umumtaʼlim maktabining ingliz tili oʻqituvchisi tanishlari yordamida Tayloq tumanida yashovchi fuqaroni xorijiy oliy taʼlim muassasasi talabasi ekanligi toʻgʻrisida soxta hujjat tayyorlab, Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2-bosqichiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 6000 AQSH dollari hamda uning qarindoshiga ingliz tili boʻyicha milliy sertifikat olib berish uchun 1200 AQSH dollari, jami 7200 AQSH dollari olgan vaqtida DXX Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi va IJQK Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi.
Shuningdek, Guliston shahrida yashovchi, 1997-y.t. shaxs Yangiyer shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Guliston davlat universitetining sirtqi boʻlimiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 6 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 5100 AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u mazkur pul mablagʻining 4600 AQSH dollarini viloyat Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi oʻqituvchisiga berishi kerakligi maʼlum boʻlib, ushbu shaxs ham 200 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q