Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktabgacha taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Taʼkidlanishicha, bugungi kunda mamlakatda 30 mingga yaqin maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 2 milliondan ziyod oʻgʻil-qiz tarbiyalanmoqda. Soʻnggi besh yilda 422 ta davlat bogʻchasi qurilishi hamda 21 mingdan ortiq nodavlat muassasalar ochilishi hisobiga 1 million 200 ming oʻrin yaratilgan. Tizimga bolalarni qamrab olish koʻrsatkichi 72 foizga yetgan.
Taqdimotda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, bogʻchalarda sifat va qamrovni oshirish, bu borada ilgʻor xorijiy tajribalarni joriy qilish choralari haqida axborot berildi. Xususan, aholisi zich yoki qamrov koʻrsatkichi past boʻlgan hududlarda yangi davlat bogʻchalari quriladi hamda xususiy sektor kengaytiriladi. Kam quvvatda ishlayotgan maktablarda tayyorlov guruhlari tashkil etiladi.
Davlat rahbari bu soha ayollarga yengillik yaratish va farzandlar tarbiyasida muhim ekaniga alohida eʼtibor qaratdi.
Mutasaddilarga taʼlim sifatini yaxshilash, dasturlarni takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga koʻtarish yuzasidan koʻrsatmalar berildi. Maktabgacha taʼlim qamrovini kengaytirish boʻyicha besh yillik dastur ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q