Jamiyat
Oʻzbekiston hududiga 16–17-may kunlari Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo, soʻngra Volga boʻyi hududlaridan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika hududida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, deb xabar bermoqda “Oʻzgidromet”.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 5-10 metr/soniya tezlikda esadi, 12-15 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 20-22 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi, ayrim joylarda doʻl yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi, ayrim joylarda doʻl yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda esa 23-25 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, Qashqadaryo viloyatida vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi, ayrim joylarda doʻl yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda esa 23-25 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, ayrim joylarda doʻl yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Yuqori togʻli (2 000 metrdan balandda) hududlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 10-15 daraja boʻladi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q