Jamiyat
Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida zamonaviy va barcha qulayliklarga ega Ma’naviyat va ma'rifat maskani foydalanishga topshirildi.
Marosimda keng jamoatchilik, nuroniylar va yoshlar, ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Navoiy viloyati bo'limi rahbari Akramjon Muqimov, tuman hokimi o'rinbosari O‘lmas Istamov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, tantanali marosimda so‘z olgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Navoiy viloyat bo‘limi rahbari A.Muqimov ushbu maskan o‘ziga xos ijodiy, aql markazlariga aylanishi, rang-barang tadbirlar, loyihalar amalga oshiriladigan, ziyoli insonlar qadami arimaydigan joy bo‘lishi lozimligini ta’kitladi hamda ziyo maskani kutubxonasi uchun kitoblar jamlanmasini tuhfa etdi.
Shuningdek, maskanda ijodkor va kitobxonlar uchun kutubxona va tadbirlar zali, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi uchun xizmat xonalari bo‘lib, qulay sharoitlar yaratilgan.
Ma’naviyat va ma’rifat maskani Qiziltepa tuman ahliga o‘ziga xos tuhfa bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q