Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Janubiy Koreyaga ishga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolarni ogohlantirdi

Saqlash
19:29 / 16.05.2023 1373 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Janubiy Koreyaga ishga ketish bilan bog‘liq jarayonlar haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, Janubiy Koreyada ishlash uchun o‘tkazilayotgan imtihonlarda noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirish maqsadida turli guruhlarning shakllanishi, imtihonlarga elektron vositalar, shpargalkalarni olib kirishga urinish, ushbu rejalar amalga oshmagach, turli bo‘htonlar tarqatish holatlari uchramoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda imtihon boshlangandan buyon EPS-Topik imtihoni tartiblariga rioya qilmagan 100 nafarga yaqin nomzod testdan chetlashtirilgan.

 

“Agar ijtimoiy tarmoqlarda bayon etilganidek test imtihoniga noqonuniy, xususan, 40 yoshdan kattalarning kirishi kabi asoslantirilgan holatlar mavjud bo‘lsa, dalillarni Agentlikka yoki huquq-tartibot organlariga taqdim qilish so‘raladi.

 

Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan, asoslantirilmagan turli xabarlarga hamda Koreya Respublikasiga ishga ketish bilan bog‘liq jarayonlarda vositachilik xizmatlarini taklif etayotgan shaxslarga ishonmaslikni so‘raymiz.

 

Agentlik mehnat migratsiyasi barcha jarayonlarning ochiq, adolatli va qonuniy bo‘lishi tarafdori hamda sohaga oid barcha savollarga javob berishga tayyorligini maʼlum qiladi”, – deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//