Jamiyat
Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi xodimlari tomonidan Telegram`da fuqarolarning foto-videolarini joylashtirib, ularni o‘chirish evaziga pul talab qilib kelgan guruh aniqlandi.
Qayd etilishicha, ular Telegram messenjerida Hello Tashkent, salam Tashkent nomli guruh va kanallarni tashkil etib, qizlar va ayollarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi video va foto materiallarni joylashtirib kelgan. Tasvirlarni o‘chirish uchun esa pul talab qilgan.
Dastlab, guruh a’zolari ochiq guruhlarda tasvirlarni joylab, qiziquvchilarni VIP-chatga taklif qilgan. Unga a’zo bo‘lish esa 100 ming so‘mdan 500 ming so‘mgacha etib belgilangan.
Kiberxavfsizlik markazi xodimlari tomonidan olib borilgan texnik va tezqor-qidiruv ishlari natijasida ushbu faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi.
Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 165 moddasi (Tovlamachilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda voqeaga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Vazirlik yuqoridagi guruh va kanallardan jabrlangan fuqarolar 102 yoki +998 99 117 60 87 raqamiga xabar berishlarini so‘radi. Ma’lumot bergan fuqarolarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanishini qayd etdi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q