Jamiyat
Namangan shahridagi istirohat bog‘ida 12 yoshli bola bosh qismidan tan jarohati olib vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.
Aniqlanishicha, 14-may kuni soat 11:30 da 12 yoshli bola Namangan shahridagi istirohat bog‘idagi attraksionda aylangan vaqtida bosh qismidan tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shahar IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegram`da tarqalgan videoxabarga ko‘ra, Uchqo‘rg‘on tumanidagi 8-maktab o‘quvchilari maktab jamoasi bilan sayohatga chiqqan.
Videoda ayolning shifokorga murojaat qilayotgani aks etgan. “Ota-onasi endi menga keladi, ularga nima deyman? 29 ta bolani javobgar bo‘lib [bog‘ga] olib kelgandim”, — deydi u.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Кодирова Угилхон Сотиболдиевна
12:01 / 01.01.1970
Хар иш аллохдан.Аммо болаларга бундай жойларда хавсизликни назорати булиш керак,якинларига сабир,бу холат хаммага сабок булди.