Vazirlik «so‘nggi qo‘ng‘iroq» bo‘yicha tavsiyalarini berdi

Saqlash
18:09 / 16.05.2023 1247 0

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2022/2023-o‘quv yilini yakunlash va «so‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqdi

 

Unga ko‘ra, maktab ma’muriyatiga quyidagilar tavsiya qilingan:

 

 umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida «so‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari 25 may kuni ertalab soat 08:00 dan 09:00 ga qadar «Ilmni qadrlang, ilmga intiling!» shiori ostida tashkil etish tavsiya qilingan.

 tadbirni tartibli o‘tkazish va o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda ushbu tadbirga faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilarini jalb etish;

 tadbirni mahalla qo‘mitasi, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazish hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning kiritilmasligini ta’minlash;

 «so‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yig‘imlariga yo‘l qo‘ymaslik;

 maktab hayotida faol ishtirok etayotgan o‘quvchilarning ota-onalarini ma’naviy rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratish.

 

Shuningdek, vazirlik maktablarda «so‘nggi qo‘ng‘iroq» bayram tadbirini o‘tkazish bo‘yicha na’munaviy ssenariya ham ishlab chiqqan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//