Madaniyat
Xabaringiz bor, maktablarda “Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi” lavozimi joriy etilib, mamlakatimizning yetuk shoir, yozuvchi, ijodkorlari ushbu ishga jalb qilingan edi.
Oʻtgan ikki yil davomida mazkur tashabbus oʻz natijasini berdi. Targʻibotchilar tomonidan umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan ijodiy toʻgaraklar aʼzolari Respublika miqyosida oʻtkazilayotgan turli tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritib kelmoqda.
Faoliyati namunali yoʻlga qoʻyilgan umumtaʼlim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilarining ish tajribalarini ommalashtirish hamda ularning mehnatini munosib ragʻbatlantirish maqsadida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi bilan hamkorlikda “Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha eng faol targʻibotchi” Respublika koʻrik tanlovi oʻtkazilmoqda.
Bugun, 15-may kuni mazkur tanlovning final bosqichiga start berildi. Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov soʻzga chiqib, tanlovning maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyatiga toʻxtaldi.
“Oʻsib kelayotgan yosh avlod ongi va qalbi bunyodkorlik gʻoyalari bilan hamohang boʻlishi kerak. Mazkur tanlov aynan farzandlarimizning dunyoqarashiga ijobiy taʼsir etishda jonkuyarlik qilayotgan targʻibotchilarimizning mehnatlarini namoyon etadi”, dedi u.
Tanlov gʻoliblari ertaga, 16-may kuni maʼlum boʻladi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q