“Tonirovka” uchun soxta ruxsatnoma sotganlar ushlandi. Ruxsatnomani xavfsiz va onlayn olish yoʻli eslatildi

Saqlash
20:47 / 15.05.2023 1368 0

Toshkent viloyati Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi 1991-yilda tugʻilgan Mirolim ismli shaxs jinoiy sheriklari bilan qalbaki ruxsatnomalarni sotib kelgani aniqlandi.

Qayd etilishicha, firibgarlar 2022-yilning iyul oyidan 2023-yilning mart oyiga qadar jami 241 nafar fuqaroga qalbaki ruxsatnomalarning har birini 2 mln 400 ming soʻmdan pullab kelgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoiy guruhga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

My.gov.uz portali ruxsatnomani oson va shaxsan rasmiylashtirish imkoniyati borligini eslatdi.

 

“Buning uchun hatto uydan chiqishga hojat yoʻq. Internetga ulangan qurilma boʻlsa kifoya. My.gov.uz dan foydalanganlik uchun 10 foizlik chegirma ham bor!” deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//