Hafta oʻrtalariga borib kuchli yogʻingarchilik kuzatiladi

Saqlash
17:47 / 15.05.2023 1559 0

Oʻzbekiston hududining katta qismi hafta davomida Kavkaz hududlari ustida shakllangan yuqori siklon taʼsiri ostida boʻladi.

 

“Oʻzgidromet”ning maʼlum qilishicha, 15-may kuni respublika boʻyicha quruq va ochiq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati kunduzi 33-35 darajani tashkil etadi.

 

Ish haftasining qolgan kunlarida respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi, 16-mayda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 17-mayda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida yomgʻir kuchli yogʻishi, ayrim joylarda doʻlga aylanishi mumkin.

 

Harorat foni:

 

16-may kechasi 18-20 darajani, kunduzi 31-33 darajani tashkil etadi;
17-may kuni kechasi 13-18 daraja boʻladi, kunduzi 17-22 darajagacha pasayadi;
18-may kuni kechasi 10-15 daraja boʻladi, kunduzi 20-25 darajagacha biroz koʻtariladi;
19-may kuni kechasi 12-17 darajani tashkil etadi, kunduzi 25-30 darajagacha yana biroz koʻtariladi.

 

15-16-may kunlari shimolda va choʻl hududlarda, 17-mayda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzida 23-25 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, 17-19-may kunlari baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baland togʻlarda (2 000 metrdan yuqorida) 17-19-may kunlari yomgʻir qorga aylanishi mumkin.

 

Toshkent shahrida 15-16-may kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi, 17-18-may kunlari vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Shamol yoʻnalishi birozdan oʻrtachagacha oʻzgarib turadi, chorshanba kuni 12-15 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//