
Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbari Turkiya yetakchisini mamlakatda prezidentlik va parlament saylovlari muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan samimiy qutladi. Ularning yakunlariga koʻra, saylovchilarning koʻpchiligi amaldagi Prezident va Respublika alyansiga ovoz bergan.
Ovoz berish natijalari qardosh Turkiya xalqi Prezident Rejep Tayyip Erdogʻan rahbarligida amalga oshirilayotgan siyosiy yangilanishlar va iqtisodiy islohotlarni keng qoʻllab-quvvatlayotganidan dalolat ekani alohida taʼkidlandi.
Suhbatda Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yigʻilishi kun tartibini tayyorlash boʻyicha faol ishlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Sport
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q