Korxonalarda ish kunining boshi va oxirida xalq kuyi va maqomlarini tinglash amaliyotini joriy etish rejalashtirilmoqda – loyiha

Saqlash
16:30 / 15.05.2023 1082 0

Madaniyat va turizm vazirligida “Ishlab chiqarish korxonalari xodimlarining ish vaqti va dam olish kunlarini mazmunli oʻtkazish hamda madaniy saviyasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi muhokama qilindi.

 

Oʻzbekistonda ishlab chiqarish korxonalari xodimlarining ish vaqti va dam olish kunlarini mazmunli oʻtkazish hamda madaniy saviyasini yanada oshirishda Namangan viloyati tajribasini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi.

 

Hujjat loyihasi asosida respublikaning barcha ishlab chiqarish korxonalariga ish kuni boshlanishi va tugashi vaqtida milliy kuy va qoʻshiqlar, shu jumladan, maqomning eshitilib turishi amaliyotini yoʻlga qoʻyish tavsiya etiladi.

 

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov zimmasiga yuklatildi.

 

Milliy kuy va qoʻshiqlar, shu jumladan, maqomning eshitilib turishini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tavsiya etilgan 211 ta kuy va qoʻshiqlar roʻyxati ham ilova qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//