16-may kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi

Saqlash
16:19 / 15.05.2023 1218 0

“Oʻzgidromet” 16-may, seshanba kuni Oʻzbekiston hududida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan sharqdan 5-10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 29-31 daraja boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha, baʼzida esa 23-25 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha, baʼzida esa 23-25 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

 

Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 27-32 daraja boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 27-32 daraja boʻladi.

 

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//