Jamiyat
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatidagi tizimli muammolar va ularning yechimlariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.
Unda 2023/2024-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarini tashkil qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, test sinovlarini oʻtkazishga moʻljallangan alohida binolarning mavjud emasligi sababli oʻtkazilayotgan aksariyat test sinovlari taʼlim muassasalari oʻquv binolarida taʼlim jarayoniga xalaqit qilmaslik uchun haftaning dam olish (shanba va yakshanba) kunlarida oʻtkazilmoqda.
2023/2024-oʻquv yili uchun test sinovlari oʻtkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olindi hamda ularning reja chizmalari tayyorlanib, mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlandi.
Test sinovlari oʻtkaziladigan 15 ta umumtaʼlim fanidan 26 520 ta va qardosh (qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman) tillardan 2 400 ta test topshirigʻi shakllantirildi va ekspertizadan oʻtkazildi. Keng jamoatchilik orasidan test sinovlarida guruh nazoratchiligiga nomzod sifatida roʻyxatdan oʻtgan 8 956 nafar talabgordan 4 000 nafarga yaqini saralab olindi va ular bilan shartnomalar rasmiylashtirilmoqda.
Maʼlumot uchun, koronavirus pandemiyasi sababli 2020-2022-yillarda, 3 yil ketma-ket test sinovlari ochiq joylarda, jumladan stadion va xiyobonlarda oʻtkazilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q