
Jamiyat
Oʻzbekistonda shaharda yashovchilar soni qishloqda yashovchilar sonidan 721,7 ming nafarga koʻp ekani maʼlum qilindi.
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-aprel holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 36 197 781 kishini tashkil etgan. 1-aprel holatiga doimiy aholi tarkibida shahar hududida yashovchilar soni qishloq hududida yashovchilar sonidan 721,7 ming nafarga koʻp:
shahar aholisi – 18 459 763 kishi;
qishloq aholisi – 17 738 018 kishi.
Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston aholisi 2023-yilning har bir oyida oʻrtacha 57,6 ming kishiga oshgan. 2023-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,9 ming kishiga koʻpaymoqda. 2023-yilning 1-yanvar holatiga doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 232 210 nafarga koʻp boʻlgan. Mazkur davrda aholi soni 36 million 024 ming 946 kishini tashkil etgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q