Iqtisod
Statistika agentligi Oʻzbekistonda oʻzlashtirilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmida qaysi davlatning ulushi yuqoriligini maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar—mart oylarida Oʻzbekistonda asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 56,6 trillion soʻmni tashkil etgan. Shundan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar 25,1 trillion soʻm miqdorida qayd etilgan.
Oʻzlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega boʻlgan investor davlatlar:
Xitoy – 19,9 foiz;
Rossiya – 15,7 foiz;
Saudiya Arabistoni – 13,5 foiz;
Turkiya – 6,1 foiz;
Kipr – 5,4 foiz;
Germaniya – 3,3 foiz;
Shveysariya – 3 foiz;
Singapur – 2,9 foiz;
Gonkong – 2,8 foiz;
Buyuk Britaniya – 2,7 foiz.
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112415
Jamiyat
95074
Jamiyat
91288
Jamiyat
75985
Jamiyat
//
Izoh yo‘q