Sport
Toshkent shahrida 1—14-may kunlari boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon chempionati yakunlandi.
Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqada 9 ta medal (5 oltin, 2 tadan kumush va bronza) qoʻlga kiritgan holda umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi. Bu medallar soni va sifati boʻyicha Oʻzbekistonning Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasi boʻldi.
Oʻzbekiston terma jamoasi safida sovrindor boʻlgan bokschilar:
Oltin
-51 kg: Hasanboy Doʻstmatov;
-57 kg: Abdumalik Halokov;
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev;
-67 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev;
+92 kg: Bahodir Jalolov.
Kumush
-54 kg: Oybek Joʻrayev;
-71 kg: Saidjamshid Jaʼfarov.
Bronza
-75 kg: Aʼloxon Abdullayev;
-92 kg: Lazizbek Mullajonov.
Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqada barcha 13 vazn toifasi boʻyicha bir nafar ishtirokchi bilan qatnashdi. Shodiyor Meliqoʻziyev (-48 kg) va Jasurbek Yoʻldoshev (-80 kg) Jahon chempionati bilan erta xayrlashgandi.
Umumjamoa hisobida Qozogʻiston (4 oltin, 1 kumush) ikkinchi boʻldi. Rossiya (2 oltin, 4 bronza) esa uchinchi oʻrinni oldi. Shuningdek, Kuba va Fransiya terma jamoalari ham Toshkentni oltin medal bilan tark etadigan boʻldi.
-51 kg vazn toifasi chempionligini qoʻlga kiritgan Hasanboy Doʻstmatov musobaqaning eng yaxshi bokschisi deb topildi. Oʻzbekiston delegatsiyasi esa eng yaxshi terma jamoa nomiga loyiq koʻrildi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q