Jahon
Los-Anjelesning Janubiy Kaliforniya universitetida (USC) qirgʻizistonlik bitiruvchi Umar Uraimov “Manas” video oʻyinini taqdim etdi. Bu haqda USC Games Expo 2023 Advanced Games Projects Spotlight Show (ilgʻor oʻyin loyihalari sharhi) tadbirida maʼlum boʻlgan.
“Manas” Advanced Games Programʼda tanlab olingan eng yaxshi oʻnta diplom loyihasidan biri ekanligi aytilmoqda. Endilikda ushbu loyiha USC kampusida professorlar va soha mutaxassislari nazorati ostida ishlab chiqiladi.
Universitet saytida Umar Uraimovning Bishkekda tugʻilganligi, u besh yoshdaligida ota-onasi bilan Amerikaga koʻchib kelganligi aytiladi.
“Video oʻyin qirgʻiz xalqining ”Manas“ dostoniga asoslangan boʻlib, mamlakatning eng qimmatbaho madaniy yodgorligi hisoblanadi”, — deyiladi Umar Uraimovga bagʻishlangan maqolada.
“Menga bu qirgʻiz merosini oʻrganish va Qirgʻiziston haqida umuman eshitmagan koʻplab odamlarga uni taqdim etish uchun ajoyib imkoniyat boʻlib tuyuldi”, — deydi kompyuter oʻyinlari yoʻnalishi boʻyicha bakalavr diplomini olgan Umar Uraimov.
Taʼkidlanishicha, Umar Uraimov “Manas” dostoniga oʻrta maktabda oʻqiyot vaqtlari qiziqib qolgan. Unda qirgʻiz xalqini birlashtirgan va uni ozodlik sari yetaklagan afsonaviy qahramon Manas haqida hikoya qilinadi.
“Bolaligimdan qirgʻiz madaniyatining mediada mavjud emasligi bilan kurashib kelganman. Xuddi biz yoʻqdekmiz”, — deydi Umar Uraimov.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q