Jamiyat
“O‘zgidromet” xizmati agentligi direktori Sherzod Habibullayev 14−17-may kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi kutilayotganligi haqida ogohlantirdi.
14−17-may kunlari respublika hududida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
14−16-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17-mayda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.
Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Yuqori tog‘li (2000 metrdan yuqori) hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
14−15-mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 16−17-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s.gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 23−25 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
14−16-mayda respublika shimolida, 17-mayda respublikaning qolgan hududlarida kunduzgi havo harorati +17…+22 darajagacha pasayadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
112439
Jamiyat
95100
Jamiyat
91323
Jamiyat
76018
Jamiyat
//
Izoh yo‘q