Siyosat
9-iyulga belgilangan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari uchun uchinchi nomzod nomi maʼlum boʻldi. “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining Telegram kanalida maʼlum qilinishicha, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi nomzod koʻrsatish boʻyicha boʻlajak qurultoyda koʻrib chiqish uchun Robaxon Anvarovna Mahmudova nomzodini maʼqulladi.
Robaxon Mahmudova 2020-yil iyul oyidan buyon Oʻzbekiston Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari — Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati raisi lavozimida ishlab kelmoqda.
U 1958-yilda Fargʻona shahrida tugʻilgan, bungacha Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona viloyati sudi raisi, Oʻzbekiston prezidentining Fargʻona viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimlarida ishlagan. U Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi boʻlgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q