Joriy yilda temir yo‘l transportidan qancha yo‘lovchi foydalandi?

Saqlash
21:20 / 12.05.2023 1823 0

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yo‘l transporti orqali 2,5 mln yo‘lovchi tashilgan.

 

Yo‘lovchi tashish hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 402 mingtaga oshgan.

 

2023-yil yanvar-mart oylarida bir kunda o‘rtacha 27,8 ming nafar yo‘lovchi temir yo‘l transportidan foydalangan.

 

Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,5 mingtaga oshgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//