Ertaga qanday ob-havo boʻladi?

Saqlash
16:54 / 12.05.2023 1831 0

Respublika Gidrometeorologiya markazi 13-may, shanba kuni Oʻzbekiston hududida kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

 

Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18...+20 daraja, kunduzi +27...+29 daraja boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +30...+35 daraja boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +30...+35 daraja boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +27...+32 daraja boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +30...+35 daraja boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.  Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +27...+32 daraja boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, kuchli boʻlishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +6...+11 daraja, kunduzi +15...+20 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//