Jamiyat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yigʻilishida 2022—2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2023-yil birinchi choragi yakunlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti eshitildi.
Professional taʼlim sohasi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning yangi tizimini joriy etish maqsadida prezidentning “Professional taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Ushbu hujjat professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning lavozim maoshlari oʻrtacha 20 foizga oshirishga, fidoiy, tashabbuskor hamda yuqori natijalarga erishgan pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik 50 foizgacha ustama toʻlash tizimi joriy etilishiga xizmat qilishi qayd etildi.
Deputatlar Vazirlar Mahkamasining hisobotini maʼqulladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
112439
Jamiyat
95100
Jamiyat
91323
Jamiyat
76018
Jamiyat
//
Izoh yo‘q