Siyosat
Bugun Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoir Mirzayev raisligida videoselektor tarzida ilk “hokimlik soati” oʻtkazildi, deya xabar qildi hokimlik axborot xizmati.
Unda viloyatning 22 ta tuman-shaharlari sektor rahbarlari, viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilotlar va ularning hududiy boʻlinmalari boshliqlari, mahalliy kengashlar deputatlari, viloyat faollari ishtirok etgan.
Yigʻilish avvalida viloyat rahbari Z.Mirzayev boshqaruv siyosatida belgilab olingan eng ustuvor vazifalarga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Hokimlik axborot xizmati yigʻilishda Zoyir Mirzayev tilidan aytilgan asosiy iqtiboslarni keltirdi.
Qayd qilinishicha, fuqarolar bilan qabulni koʻchma tartibda olib boramiz. Unda hamma sektor rahbarlari qatnashadi. Soat 14:00 da boʻladigan qabulga soat 8:00 da oʻsha murojaatchining sektor rahbari, tegishli tashkilot mutasaddisi uyiga borib, masalasini joyida oʻrganib chiqadi.
Haftada bir marta, dushanba kuni bajarilgan ishlar tahlili, muhokamasi boʻyicha yigʻilish oʻtkaziladi.
«Fuqarolarning murojaatlarini qabul qiladigan telegram-bot tashkil qilamiz. Kerak boʻlsa, oʻsha fuqaro bilan telefonda oʻzim gaplashaman.
Hokimiyatdan har bir chiqayotgan qogʻoz hokimiyatning yuzi. Davlat tili boʻyicha hokimiyat hujjatlarini xato yozadigan xodim hokimiyatda ishlashi mumkin emas», degan Zoyir Mirzayev.
Shuningdek, Z.Mirzayev har qanday chiqqan negativga sektor rahbari munosabat berishi shartligini, mutasaddilar ijtimoiy tarmoqqa kirishni bilmasa oʻrganishi, rahbar zamondan orqada qolishi mumkin emasligini qayd etgan.
“Oldindan kelishib olaylik, menga «hurmatli” deya murojaat qilmanglar», degan Zoyir Mirzayev.
Shuningdek u ayrim hokimlar bloger, jurnalistlar uchun yopiqligini, press-tur oʻtkazib, jurnalistlar yonida yurib, bajarilayotgan ishlarni koʻrsatish topshirigʻini bergan.
Bundan tashqari, Mirzayev viloyat tuman-shaharlaridagi tahririyatlarni qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini maʼlum qilgan.
«Gazetalar bizga kerak. Hududiy tahririyatlardagi jurnalistlar tajribasini qadrlanglar, qoʻllab-quvvatlanglar. Bu boʻyicha mutasaddilardan aniq takliflar kutamiz», degan u.
Yigʻilish yakunida viloyat hokimi sektor rahbarlari va viloyat mutasaddilariga bir qancha topshiriqlar berib, selektorni yakunladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q