Qarshida ulkan bayroq ustuni qurilmaydi, unga ajratiladigan pul yoʻllar taʼmiri uchun sarflanadi

Saqlash
16:59 / 22.11.2021 1220 0

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Qarshi shahrida oʻrnatilishi toʻxtatilgan bayroq ustuni qayta bunyod etilishi toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Qarshi shahar hokimligi axborot xizmati ushbu holatga munosabat bildirdi.

 

«Qarshi shahrida oʻrnatiladigan bayroq ustunining qurilish ishlari Qarshi shahar mahalliy byudjetining 2021-yilning III-chorak yakuni boʻyicha daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan ajratilgan mablagʻlar hamda homiylik yordami hisobiga davom ettirilishi xabar qilingan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlgan bu masalaga viloyat hokimi eʼtibor qaratib, shahar hokimi bilan kelishgan holda ulkan bayroq ustuni qurilmaydigan boʻldi», – deyiladi munosabatda.

 

Hokimlikning qoʻshimcha qilishicha, daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan qolgan mablagʻlar ichki yoʻllar taʼmiri va kommunal sohalarni rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

17:19 / 20.07.2026 0 97
Davlat stipendiyalari taqsimoti tasdiqlandi

Madaniyat

16:57 / 20.07.2026 0 183
Qaysi viloyatda kutubxonalar soni ko‘proq?

Jamiyat

15:03 / 20.07.2026 0 55
Umra vizasi tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112685
76457

//