Jamiyat
O‘zbekistonda fuqarolarning qurol ishlatishi to‘g‘risidagi qonun kuchaytirilmoqda. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 1 maydagi “Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muoamalasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda “Norma” axborot-huquqiy portali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hujjat bilan quyidagi tartib o‘rnatilmoqda:
Muomalasi taqiqlangan maxsus ta’mirlash ishlarini amalga oshirmasdan turib o‘q uzish imkoniyatini istisno etadigan o‘quv quroli hamda vazn-o‘lchamli qurol, shuningdek nur-tovushli ta’sirga ega patron bilan o‘q uzishni imitatsiya qilish uchun mo‘ljallangan, maxsus ta’mirlash ishlarini amalga oshirmasdan turib boshqa turdagi patronlar bilan o‘q uzish imkoniyatini istisno etadigan paxtavon qurol va uning o‘q-dorilari fuqarolar tomonidan ichki ishlar organlariga tekin topshiriladi. Shuningdek, belgilangan tartibda yo‘q qilinadi yoki maxsus organlar va harbiy tuzilmalar kolleksiyalariga topshiriladi.
Fuqarolar uchun pnevmatik kalta stvolli qurol va tashqi tomondan avtomatik qurol nusxalariga (replikalariga) o‘xshash pnevmatik qurolning faqat sport ob’ektlarida ichki ishlar organlarining ruxsatnomalari asosida saqlanishiga va ulardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Ichki ishlar organlari tomonidan ruxsatnomani berish rad etilgan taqdirda, qurol uni realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar orqali realizatsiya qilinadi yoki ichki ishlar organlariga topshiriladi.
Shuningdek, fuqarolik qurolini olish uchun qo‘shimcha talab sifatida qurol egasining yaqin qarindoshlarini va birga yashovchi shaxslarni ruhiy va narkologiya dispanserlarida hisobda turishini tekshirish kiritilmoqda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q