“O‘zgidromet” tog‘li hududlarni sel xavfidan ogohlantirdi

Saqlash
19:29 / 04.05.2023 1024 0

Joriy yilning 5-6-may kunlari O‘zbekiston bo‘yicha shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha, ayrim joylarda 22-25 m/s.gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi va 9 ta viloyatda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, yomg‘ir va do‘l yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

 

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Сhirchiq, Yuqori Сhirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonоbod shahrida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//