Jamiyat
Bugun, 4-may kuni poytaxt Toshkentning Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Yangihayot tumanlarining ayrim joylarida soat 10:00 dan 18:00 ga qadar tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali Matbuot xizmati xabar berdi.
Shu tufayli quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:
– Yashnobod tumanining “Go‘zal”, “Olmos” mahallalari hududidagi jami 950 ta uy xo‘jaliklarida hamda 8 ta ulgurji iste’molchilarda;
– Mirzo Ulug‘bek tumanining Sho‘rtepa, Sh.Burxonov ko‘chalaridagi jami 582 ta uy xo‘jaliklarida hamda 13 ta ulgurji iste’molchilarda;
– Yangihayot tumanining “Fayzli”, “Olchazor” mahallalari hududidagi jami 361 ta uy xo‘jaliklarida hamda 4 ta ulgurji iste’molchilarda.
“Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q