Jamiyat
Toshkent shahri Yunusobod tumanida 20 yoshli buxorolik ayol o‘zi va chaqalog‘ini suvga tashladi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea shu yilning 25-aprel kuni soat 23:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. Eri tashlab ketgani uchun tushkunlikka tushgan ayol o‘zi va farzandining joniga qasd qilishni maqsad qilib, chaqalog‘i bilan hududdan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanaliga sakragan.
Kanal atrofida xizmat vazifasini o‘tayotgan ikki nafar IIO xodimi ularni ko‘rib qolgan. Xodimlardan biri avvaliga chaqaloqni, so‘ngra uning onasini suvdan olib chiqqan. Ona va bola shifoxonaga olib ketilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda ayol psixologik muolaja olayotgani, uning o‘g‘li esa vaqtinchalik mehribonlik uyiga topshirilgani xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Sergeli tumanida ayol o‘zi va uch nafar farzandini 9-qavatdan tashlagandi.
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jahon
Ilm-fan
112304
Jamiyat
94979
Jamiyat
91101
Jamiyat
75865
Jamiyat
//
Izoh yo‘q