Jamiyat
«Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (170-son, 29.04.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-iyulgacha «Texnikalar texnik ko‘rigi» avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqiladi.
2023-yil 1-maydan jismoniy va yuridik shaxslarning qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari majburiy yillik texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
2023-yil 1-sentyabrdan yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlar jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
2023-yil 1-avgustdan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini ishlab chiqaruvchi yoki maxsus savdo tashkilotlarida xaridorlarga sotilgan yangi texnikalar uchun «Hisob-ma’lumotnoma» berish amaliyoti joriy etiladi.
2023-yil 1-sentyabrdan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalariga texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risida talon berish amaliyoti bekor qilinadi (xorijiy davlatlarga ishga yuboriladigan texnikalardan tashqari).
Shuningdek, eski namunadagi texnik pasport, texnik guvohnoma, davlat raqami belgisi va traktorchi-mashinist guvohnomasini majburiy tartibda almashtirishning yakuniy muddati 2023-yil 31-avgust etib belgilandi.
Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga ko‘ra, texnikalar Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Texnikalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari Inspeksiya, davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP (my.gov.uz) orqali texnika egasi yoki uning vakili so‘rovnomasiga asosan amalga oshiriladi.
Texnikalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda:
- texnik pasport beriladigan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari hamda o‘ziyurar mashinalarni davlat ro‘yxatidan yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun – BHMning 20 foizi (66 000 so‘m) miqdorida;
- texnik guvohnoma beriladigan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish mashinalari, agregatlari va asbob-uskunalarini davlat ro‘yxatidan yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun – BHMning 18 foizi (59 400 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q