Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda «aholidan kelib tushayotgan e’tirozlarni inobatga holda 1 maydan boshlab O‘zbekistonning barcha shaharlarida transport vositalarining ruxsat etilgan maksimal tezligi 60 km/soatdan 70 km/soatga qayta tiklandi» mazmunida xabarlar tarqaldi. Holatga rasmiy munosabat bildirildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi Farmoniga ko‘ra, 1-apreldan boshlab Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilishi belgilangan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 140-son Qarori bilan Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish kiritilgan.
«Ushbu qoida hozir amalda ekanligini ma’lum qilamiz. Ijtimoiy tarmoq vakillaridan turli taxmin va mish-mishlardan iborat asoslantirilmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz», deyiladi rasmiy xabarda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q