Ilm-fan
Oʻzbekistonda IELTS’da yuqori natija koʻrsatgan 10 mingdan ortiq yoshlarning toʻlovi qaytarildi. Yoshlar ishlari agentligi 2021-yildan beri 24,4 milliard soʻm imtihon xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlab berdi.
Tahlillarga koʻra, jami 18 turdagi xalqaro imtihon tizimlari mavjud. Shundan yoshlar 15 turdagisi uchun kompensatsiya soʻrab ariza qoldirgan.
IELTS imtihonida yuqori natija koʻrsatgan 10 356 nafar, TORFL’da yuqori natija koʻrsatgan 2408 nafar yoshlarning toʻlovi qaytarildi. Shuningdek, SAT va TOPIK imtihonlarida qatnashib, yuqori natijaga erishgan 1049 nafar talabgorga toʻlov puli qaytarilgan.

18 ta xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlar imtihon xarajatlarini “Xazna” ilovasi orqali kompensatsiya qilib qaytarib olishlari mumkin.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
109732
Jamiyat
94112
Jamiyat
89901
Jamiyat
73103
Jamiyat
//
Izoh yo‘q