Oʻzbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov vafot etdi

Saqlash
11:03 / 21.11.2021 1100 0

Oʻzbekiston xalq artisti, “Mehnat shuhrati”, “El-yurt hurmati” ordenlari hamda “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni sohibi, aktyor Baxtiyor Ixtiyorov 81 yoshida bu yorugʻ olamni tark etdi.

 

Baxtiyor Ixtiyorov sermahsul ijodi davomida “Yor-yor”, “Ajoyib xayolparast”, “Oʻtgan kunlar”, “Nodirabegim”, “Yettinchi jin”, “Abu Rayhon Beruniy”, “Yettinchi oʻq”, “Shum bola” kabi juda koʻplab filmlarda ajoyib rollarni ijro etishi bilan bir qatorda oʻzbek teatr sanʼati rivojiga ham munosib hissa qoʻshdi.

 

Marhum 1956-yildan to 2009-yilga qadar turli yillarda Buxoro musiqali teatri, Muqimiy nomidagi musiqali teatri, “Yosh gvardiya” teatri hamda Satira teatri sahnalarida yuzdan ortiq esda qolarli obrazlarni gavdalantirdi, rejissyor sifatida xalqqa manzur spektakllar sahnalashtirdi va koʻplab shogirdlar yetishtirdi.

 

“Oyina.uz” jamoasi marhumning oila aʼzolari, yaqinlari va butun ijod ahliga chuqur hamdardlik izhor qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//