Jamiyat
Andijon viloyatining Marhamat tumanida hokim topshirig‘iga ko‘ra, ishdan tashqari vaqt — kechasi 21:00 dan keyin ishga chaqirilgan obodonlashtirish xodimi yo‘lda YTHga uchrab, vafot etdi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Marhamat tumani hokimi topshirig‘iga ko‘ra, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari kecha, 25-aprel kuni kechki payt soat 21:00 dan keyin shoir Muhammad Yusuf qabrini obodonlashtirish uchun majburiy mehnatga jalb qilingan.
“Shoir Muhammad Yusuf tug‘ilgan kuni munosabati bilan kecha kechki payt 21:00 dan keyin tuman hokimi topshirig‘i bilan Obodonlashtirish xodimlari majburan ishga jalb qilindi. Shoir qabristoniga kelayotgan obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bo‘lgan ikki ayol yo‘lda avariyaga uchrab, biri vafot etdi”, — deydi bu haqda xabar bergan manba.
Manbaning aniqlik kiritishicha, YTHga uchragan ayollar — Arofatxon va Enaxon ismli ayollar bo‘lgan.
“Arofatxon voqea joyida vafot etgan”, — deydi manba.
Marhamat tumani hokimligi YTH sodir bo‘lganini tasdiqladi.
“Joriy yilning 25-aprel kuni soat taxminan 22:30 larda fuqaro J.T. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Matiz’da Marhamat tumani “To‘lg‘a” MFY o‘ramidan o‘tgan Marhamat—Quva avotomobil qatnov yo‘lining Quva yo‘nalishida harakatlanib borib, boshqaruvni yo‘qotishi natijasida yo‘l chetida ketayotgan fuqarolar A.J. va E.B.larni urib yuborgan. Mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganini, tergov yakuni bo‘yicha aybdor shaxslarga jazo muqarrarligi taʼminlanishini hamda qo‘shimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilamiz”, — deyiladi tuman hokimligining dastlabki rasmiy bayonotida.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q