“Dante: renessanslar chorrahasida” kitobi nashrdan chiqdi

Saqlash
16:20 / 26.04.2023 1600 0

“Akademnashr” nashriyoti tomonidan akademik Akmal Saidovning “Dante: renessanslar chorrahasida” kitobi chop etildi.

 

G‘arbning daho shoiri Dante Aligyeri (1265–1321) Birinchi Sharq Uyg‘onish davri bilan Yevropa Renessansi davri oralig‘ida yashab o‘tgan. Demakki, u Sharq Renessansi qaynar buloqlaridan suv ichib, G‘arb Uyg‘onish davri bog‘larini yashnatgan.

 

Dantening ijodi Ikkinchi Sharq Uyg‘onish davrida ham jahon afkor ommasi, ayniqsa, madaniyat, adabiyot va san’at muxlislari e’tiboridan chetda qolmagan. Shu ma’noda bugun biz poydevorini barpo etayotgan Uchinchi Renessans uchun ham G‘arbning daho shoiri va uning o‘zbek tiliga buyuk tarjimoni Abdulla Oripov ijodi katta ahamiyatga ega. Kitobda ana shu mavzular tegrasida soʻz yuritiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//