Ilm-fan
Xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astranomiya institutidan olingan maʼlumotlarga koʻra, 2023-yil Ramazon hayiti kuni, yaʼni Shavvolning yangi oy fazasi shu yil 20-aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da, Saudiya Arabistoni vaqti bilan esa 07:12 da sodir boʻladi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi maʼlum qildi.
Astranom olimlar xulosasiga koʻra, shu kuni Shavvol oyi hiloli Oʻzbekiston hududida koʻrinmasada, lekin dunyoning ayrim mintaqalarida koʻrish mumkin boʻladi.
Taʼkidlash joizki, Hanafiy fiqhi manbalarida bir makonda yangi hilol koʻrilishi dunyodagi jami musulmonlarga Ramazon hayitini nishonlashni joiz qiladi. Bunga hanafiy, molikiy va hanbaliy mazhablaridan iborat jumhur ulamolar ittifoq qilishgan.
Sharʼiy masalalar va astronomik hisob-kitoblarga tayangan holda 1444 hijriy yil Shavvol oyi hiloli milodiy 2023-yil 20-aprel kuni Yer yuzining ayrim hududlarda kuzatiladi. Shu bois, Ramazon hayiti kuni 2023-yil 21-aprel, juma kuniga toʻgʻri kelishi haqida dastlabki xulosalar qilinmoqda. Aytish mumkinki, AQSH, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi bir qator davlatlar tomonidan joriy yil 21-aprel, juma kunini Ramazon hayiti, deb eʼlon qilindi.
Falakiy hisob boʻyicha hayit kuni maʼlum boʻlsa-da, Hazrati Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning “Yangi oyni koʻrib roʻza tutinglar va yangi oyni koʻrib hayit qilinglar”, degan hadisi shariflariga asosan mazkur Ishchi guruhining AQSH, Turkiya va Gʻarb davlatlardagi vakillarining hilolni kuzatish toʻgʻrisidagi oxirgi maʼlumotlari olingandan keyin 2023-yil 20-aprel kuni yakuniy xulosalar taqdim etiladi, insha Alloh.
Qayd etish kerakki, ibodat masalasida doim ehtiyot boʻlish lozim. Ramazon roʻzasining boshlanishi va tugashi faqat yurt muftiysi tomonidan eʼlon qilinadi, moʻmin-musulmonlar esa shu fatvoga ergashishlari shart boʻladi.
Demak, internet saytlari yurituvchilari va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan ushbu masalada turli xabarlarni tarqatish orqali xalqimizni asl vaziyatdan chalgʻitmaslikni iltimos qilamiz.
Shu kunlarda Oʻzbekistonda Ramazon hayiti kuni rasmiy manbalarda eʼlon qilinadi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
5 Izohlar
Маъмур
12:01 / 01.01.1970
Rasman: Ramazon hayitida oʻzbekistonliklar necha kun dam olishi maʼlum qilindi https://oyina.uz/uz/posts/16059
Маъмур
12:01 / 01.01.1970
Ramazon hayiti namozini oʻqish vaqtlari maʼlum qilindi https://oyina.uz/uz/posts/16054
Маъмур
12:01 / 01.01.1970
Rasman: Ramazon hayiti 21-aprel kuni nishonlanadi https://oyina.uz/uz/posts/16046
Vaisov
12:01 / 01.01.1970
21-aprel Ramazon hayiti bo‘lsa 29 kun ro‘za tutiladimi yoki hayitdan keyin 1 kun ro‘za tutiladimi shu haqda ham yozinglar
Hakimov
12:01 / 01.01.1970
To‘g‘ri anniq bo‘lsa xalqga xabar beringlar dam olsh kuni qachon bo‘adi?