Xorazmdagi 12 ta shahar-tuman hokimlariga jarima va hayfsan jazo choralari qoʻllanildi

Saqlash
18:33 / 20.11.2021 1068 0

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov farmoyishi bilan viloyatdagi 12 ta tuman va shahar hokimlari jazoga tortildi.

 

Qayd etilishicha, ish faoliyati davomida oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda sustkashlikka yoʻl qoʻygani hamda oʻz vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondashib, jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygani uchun:

 

Xorazm viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Qurbonov Bahrom Sharipovich;

 

Urganch shahar hokimi Xolboyev Oybek Madaminovich;

 

Shovot tumani hokimi Otaxonov Hakimjon Ahmadjonovich;

 

Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Davletov Anvar Kenjayevich;

 

Tuproqqalʼa tumani hokimi Salayev Alisher Roʻzmetovichga

 

nisbatan oʻrtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima jazosi qoʻllanilgan.

 

Shuningdek,

 

Bogʻot tumani hokimi Yaxshibayev Shavkat Qurambayevich,

 

Gurlan tumani hokimi Achilov Murodjon Azamatovich,

 

Qoʻshkoʻpir tumani hokimi Rahimov Joʻrabek Rahimovich,

 

Urganch tumani hokimi Sharipov Frunze Ilhomovich,

 

Hazorasp tumani hokimi Masharipov Oʻktam Rustamovich,

 

Xonqa tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Davlatov Murodbek Saparboyevich,

 

Xiva tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Matrasulov Xurmat Rahimberganovich,

 

Yangibozor tumani hokimi Qurbonov Oʻktamboy Qoʻchqorovichga

 

nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//