Iqtisod
Maʼmuriy jarimalarni toʻlashda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartish kiritish boʻyicha Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Kodeksning 332-1-moddasiga kiritilgan oʻzgartishga koʻra:
Huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini yoki 30 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi.
Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi:
Kodeksning 131, 132, va 140-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda;
jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.
Qonun 2023-yil 1-maydan eʼtiboran kuchga kiradi.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q