Koʻp kvartirali uylar kamida 1 Gb tezlikdagi internetga ulanadi

Saqlash
13:24 / 20.11.2021 861 0

“Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

 

Qarorga koʻra, 2022–2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari hamda xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllarini mobil aloqa qamrovi bilan taʼminlash reja-jadvali tasdiqlandi.

 

Shunga koʻra, 2023-yilgacha, jumladan:

 

xalqaro maʼlumotlar uzatish kanalining oʻtkazuvchanlik qobiliyati 3,5 marotaba oshiriladi;

 

150 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilish hisobiga maʼlumotlar uzatish tarmogʻi kengaytiriladi;

 

optik tolali aloqa liniyalari barcha aholi punktlariga yetkazilib, uy xoʻjaliklarining kamida 80 foizi Internetga keng polosali simli ulanish imkoniyati bilan taʼminlanadi.

 

2021-yil yakunigacha barcha ichki ishlar organlari tayanch punktlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari, jazoni ijro etish muassasalari, ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari xonalari, xalq taʼlimi muassasalari, davlat arxivlari va tashkilotlari Internetga keng polosali ulanadi.

 

Qarorga koʻra:

 

mavjud chegara oʻtish nuqtalari orqali “Oʻzbekiston–Afgʻoniston–Pokiston”, “Oʻzbekiston–Qirgʻiziston–Xitoy” va “Oʻzbekiston–Turkmaniston–Ozarbayjon–Turkiya” yoʻnalishlarida xalqaro magistral kanallar tashkil etiladi;

 

Xitoy Xalq Respublikasida yangi ulanish va oʻzaro Internet trafigi almashinuvi nuqtalarini tashkil etish choralari koʻriladi.

 

2022-yil 1-yanvardan Internetga keng polosali ulanish tarmoqlarini loyihalash va qurishda quyidagilar nazarda tutiladi:

 

maʼmuriy binolar va koʻp kvartirali uylarni kamida 1 Gbit/s oʻtkazuvchanlik qobiliyati bilan;

 

taʼlim tashkilotlari, sogʻliqni saqlash muassasalari va boshqa davlat tashkilotlarini kamida 100 Mbit/s oʻtkazuvchanlik qobiliyati imkoniyati bilan ulash.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//