Jamiyat
Twitter ijtimoiy tarmogʻining oʻzbek segmentida oʻziga xos chellenj boshlandi.
Unda tarmoq foydalanuvchilari maʼlum bir kitobni biror manzilda koʻzdan panaroq joyda qoldiradi va buni suratga olib, oʻz sahifasida eʼlon qiladi. Oʻz navbatida, manzilga borib, kitobni qoʻlga kiritgan odam ham bu haqda “tvit” qoldiradi.
Qayd etish kerak, chellenj qatnashchilarining aksariyati kitoblarni qoldirish uchun metro bekatlaridagi bankomatlar va uning yon-atrofini afzal bilmoqda.
Shu bilan birga foydalanuvchilar orasida kitob qoldirib ketayotganlarni ehtiyot boʻlishga chaqirayotganlar ham topilmoqda.
“Kitob oldi-berdisiga hech qanday adovatim yoʻq. “Zakladchik”lar sintetik vositalarni shunaqa yerga qoʻyib ketishadi, boshqasi kelib olib ketadi. Kitob bahonasida ular ham shunday ish qilishayotgandir. Kitoblar uchun maxsus “butkalar” qilinsa, ajoyib yechim boʻlardi”, – deb yozadi foydalanuvchilardan biri.
Ushbu fikrga qarshi chiqib, yoshlarning tashabbusini “oʻldirmaslik”ka chaqirayotganlar ham yoʻq emas. Xususan, “BookClubUz” loyihasi asoschisi shunday deb yozadi: “Yaxshi, samimiy gʻoya bilan chiqqan yoshlarni qoʻrqitib, tashabbusni “oʻldirish” kerakmi yoki oddiy kitob tarqatishni muammoga aylantirishi mumkin boʻlgan ildizga yuzlanish kerakmi?”
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
2 Izohlar
E'zoza
12:01 / 01.01.1970
Ajoyib ish bo‘libdi. Kitobxonlar uchun! Bu faqat Toshkentda bo‘layaptimi)
Erkinjon
12:01 / 01.01.1970
2013-yil tadiqoqtchi sifatida Rossiya Federatsiyasida bo'lganimda Moskva metropolitenida gazetalar uchun maxsus shkaf (https://commons.wikimedia.org/wiki/File:Metro_and_Vechernyaya_Moskva_vending_boxes.jpg?uselang=ru) qo'yilganiga guvoh bo'lgan edim. Yo'lovchi metroga kiraverishdi gazetani oladi hamda metroga tushib ketaveradi. Metroning qaysi bekatida tushsa u yeda ham shunday maxsus shakalflarda gazetani qoldirishi yoki o'zi bilan birga olib chiqib ketsa ham bo'ladi. Kitoblar uchun ham shunday maxsus javonlar tashkil qilinishi aslida kitob va kitobsevarlikka targ'ibotning eng oddiy, biroq samarali usuli bo'lar edi.