
Jamiyat
Adliya vazirligi tomonidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyrugʻi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Unga koʻra, yakuniy davlat attestatsiya sinovidan oʻta olmagan talaba keyingi har bir oʻquv yilida (3 yil davomida) oʻz arizasiga muvofiq 2-martagacha imtihonni qayta topshirish huquqiga ega boʻladi.
Oldingi tartib boʻyicha bitiruvchi yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan oʻta olmasa, keyingi yillarda qayta topshirish kerak boʻlardi. Ushbu holat talaba uchun birmuncha qiyinchiliklar, xususan uning bir yillik qimmatli vaqtini maqsadli sarflay olmasligiga sabab boʻlib kelgan.
Endilikda talabalar tomonidan qayta topshirish toʻgʻrisidagi arizalar yigʻilishiga qarab bir oʻquv yilda ikki martagacha davlat imtihonlarini qayta topshirish imkoniyati yaratiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q