Kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketgan geymerning 20 yildan keyingi qiyofasi qanday bo‘ladi?

Saqlash
17:23 / 17.04.2023 1641 0

Ekspertlar onlayn o‘yinlarga mukkasidan ketgan geymerning qiyofasi 20 yildan keyin qanday bo‘lishi mumkinligini vizuallashtirishdi. O‘z-o‘ziga e’tiborsizlik, soatlab kompyuterning yonida vaqt o‘tkazish sabab o‘yinchining modeli ancha achinarli ahvolda.

 

Kanadalik mutaxassislar kelajak geymerlarining tashqi ko‘rinishini yaratishdi. Muttasil 20 yil o‘yinga berilgan o‘yinchilarning qiyofasi havas qilgulik emas. Geymerning ko‘zlari qontalash, bosh suyagi qiyshaygan, terisi o‘zgarib ketgan. Kompyuter o‘yinlari o‘ynayotganda o‘zingizga e’tiborli bo‘lmasangiz, siz ham shu ahvolga tushib qolishingiz mumkin, deb ogohlantirdi ekspertlar.

 

 

 

 

 

O‘yinchining ismi Maykl – geymer turmush tarzi uning jismoniy holatiga qanday ta’sir qilishi mumkinligiga oid xalqaro hisobotlar asosida tayyorlangan va o‘yinchilarga ogohlantiruvchi signal bo‘lishidan umid qilingan.

 

Koronavirus pandemiyasi davrida o‘z-o‘zini izolyatsiyalash targ‘ib qilinishi onlayn o‘yinlar sanoati gullab-yashnashiga sabab bo‘ldi. O‘yinchilar odatdagidan ko‘ra 19 foiz ko‘proq o‘yinga vaqt ajrata boshlashdi. Bu esa ularning sog‘ligiga yomon ta’sir qiladi.

 

Modelni yaratgan olimlar geymerlarga vaqtida ovqatlanishni, suv ichib turishni, o‘zlariga yaxshi g‘amxo‘rlik qilishni tavsiya qildi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hozir onlayn o‘yinlarga mukkasidan ketishni psixologik kasallik sifatida e’tirof etdi.

 

Uyqusizlik, suvsizlanish, vitamin D yetishmasligi sabab, quyosh nuridan bebahra stulda soatlab vaqt o‘tkazish o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Doimiy ravishda o‘yin pozasida o‘tirish esa umurtqa suyaklari qiyshayishiga, e’tiborsiz turmush tarzi qo‘l-oyoqlarda ekzemalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//