Jamiyat
O‘zbekistondan Qozog‘istonga eksport qilingan pomidorlarda xavfli virus aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan holatga aniqlik kiritish maqsadida olib borilgan dastlabki tezkor surishtiruv va oʻrganishlar natijalariga koʻra Qozogʻiston tomoni Oʻzbekistondan import boʻlgan pomidor mahsulotlarida pomidor jigarrang virusi (tomato brown rugose fruit virus) va boshqa karantin kasalliklar aniqlangani yuzasidan mahsulotlarni orqaga qaytarish holati kuzatilmagan va eʼtiroznoma (notifikatsiya) joʻnatmagan.
Shu bilan birgalikda, Oʻzbekiston va Qozogʻiston karantin xizmatlari bilan tezkor ravishda muzokara olib borilib, ushbu tarqalgan xabarga izoh bergan fitosanitariya xizmatining Turkiston viloyati hududiy inspeksiyasi rahbari I.Begasilov pomidor jigarrang virusi aniqlanish holati yuzasidan import boʻlgan 43 tonna pomidor mahsulotida, aynan Oʻzbekistondan yuklangan pomidor mahsulotida xavfli virus qayd etilmaganini telefon muloqotida tasdiqladi.
Vazirlikka koʻra, Oʻzbekistondan pomidor eksporti boʻyicha agentlik tomonidan 2023 yil oʻtgan davr mobaynida importer davlatlarning fitosanitariya talablariga muvofiq jami 24 147 tonna (shundan 14 424 Qozogʻistonga eksport uchun) pomidor mahsulotiga xalqaro fitosanitariya sertifikati berilgan va importer davlatlarning karantin xizmati tomonidan nomuvofiqlik holatlari aniqlanganlik yuzasidan eʼtiroz holati qayd etilmagan.
“Jahon bozoriga xavfsiz, tekshirilgan va turli kasalliklardan holi mahsulotlarni chiqarish, xalqaro qishloq xoʻjaligi maydonida Oʻzbekiston brendi nufuzini mustahkamlash maqsadida har bir qishloq xoʻjaligi mahsuloti partiyasidan namunalar olinib, Markaziy fitosanitariya laboratoriyasida ekspertizadan oʻtkazilib, laboratoriyaning xulosasiga koʻra eksport va import jarayonlari amalga oshiriladi. Jumladan, pomidor jigarrang virusini aniqlash uchun ham namunalar 8 soat davomida maxsus polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) testidan oʻtkaziladi”, deyiladi xabarda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q