Ilm-fan
Uchrashuvda elchixonaning ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha attashesi Serj Bellini ham ishtirok etdi. Tomonlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parijga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi bo‘yicha qilinayotgan ishlar muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida ikki davlat universitetlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va mustahkamlash, professional ta’lim sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yo‘nalishidagi ishlar bo‘yicha fikr almashildi. Xususan, O‘zbekiston universitetlarida fransuz tilini o‘rgatish imkoniyatlarini kengaytirish, fransuz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha maxsus dasturlarni ishga tushirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, hamkorlikda ilmiy va startap loyihalarni amalga oshirish, ikki diplom (Double Degree) olish bo‘yicha Fransiya va O‘zbekiston universitetlarining hamkorligini yo‘lga qo‘yishga doir ishlarni jadallashtirish, yozgi treninglarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q