Jamiyat
«Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!» shiori ostida joylarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi va xalqimizga bosh Qomusimizdagi o‘zgarishlar borasida ma’lumotlar berilishi davom etmoqda. “Ma’naviyat festivali” ishchi guruhining bir qismi Samarqand viloyatidagi bir necha o‘quv va tarbiya maskanlarida o‘quvchilar va ularning ustozlari, oddiy aholi va yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari uyushtirdilar.
Joylardagi targ‘ibot tadbirlarida filologiya fanlari nomzodi Olim Toshboyev, sotsiologiya fanlari doktori Mavluda Gʻafforova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Muzaffar Ortiqov, Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli xonandasi Rustam Mirminov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulovalar qatnashdilar.
Oqdaryo tumanining 1- va 20-umumta’lim maktabidagi tadbirlarda yangilanayotgan Konstitutsiya haqida so‘z borarkan, ta’lim bo‘yicha o‘zgarishlarga alohida to‘xtalindi. Masalan, mamlakatimiz bosh qomusida ta’lim va ilm-fanga oid normalar qariyb ikki barobarga oshgani xabari o‘tirganlar uchun yangilik bo‘ldi.
So‘zga chiqqan ziyolilar yangi Konstitutsiyada fuqarolarning oliy ta’lim muassasalarida davlat granti hisobidan o‘qish imkoniyati belgilab qo‘yilgani haqida so‘zlarkanlar, birinchi moddadanoq “ijtimoiy davlat” deb e’lon qilingan Qomusimizda davlatimizning ijtimoiy majburiyatlariga oid normalar qariyb uch baravarga ortgani yetkazildi.
Shu o‘rinda ma’lumot: 2017-yildan davlat grantlari soni 2 baravar ko‘payib, 40 mingtaga yetdi. Magistratura uchun esa 5 baravarga ko‘paydi.
Jomboy tumanidagi Barkamol avlod maktabi va “Agrotexnologiyalar” texnikumida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda ham kasb-hunar va ta’limning tekinligi, ayol va erkak tengligi hamda bepul tibbiy xizmatlar va shifoxonalarning “Kafolatlangan xizmatlar paketi” haqida so‘zlab berildi. Bundan tashqari har bir fuqaro, jumladan, yosh oilalarning o‘z boshpanasiga ega bo‘lishi ta’minlanishi haqida ma’lumot beruvchi “har kimning uy-joyli bo‘lish huquqi” Asosiy qonunda belgilangani yig‘ilganlarni quvontirdi, bu haqda o‘z fikrlarini bildirganlar bu orqali kishilarning hayotdan rozilik darajasi oshishi va mehnatkashligi ko‘tarilishini ta’kidladilar.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q