Jamiyat
“2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
2023-yil 15-apreldan eksperiment tariqasida Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi huzuridagi “Agroservis operator” orqali tashabbuskorlar loyihalarni moliyalashtirishning quyidagi yangi tizimi joriy etiladi:
– meva-sabzavotlarni saqlash, qayta ishlash, logistika quvvatlarini yaratish yo‘nalishidagi loyihalar Agentlikning tumandagi loyiha ofislariga taqdim etilib, Qishloq xo‘jaligi vazirligining yagona elektron axborot platformasi orqali “Agroservis operator”ga yetkaziladi;
– intensiv bog‘ va tokzorlar, agrologistika obektlari hamda texnologik liniyalar, oziq-ovqat sanoatidagi liniyalar qurilib, tayyor holda tashabbuskorlarga lizing asosida topshiriladi. Bunda lizing to‘lovi 10 foizi oldindan to‘lash, 10 foizi tashabbuskorlar ulushi, 80 foizi 10 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi.
Vazirlikning Geoaxborot tizimida 8 ta asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (paxta, g‘alla, sholi, piyoz, sabzi, kartoshka, makkajo‘xori hamda moyli ekinlar) ekilishini, vegetatsiya davrini monitoring va tahlil qilish amaliyoti joriy etiladi.
2023-yil 1-iyungacha paxta, g‘alla, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlari raqamlashtiriladi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.
2023-yil 1-maydan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar ro‘yxatga muvofiq tovarlarning chakana savdo obektlarida xaridini amalga oshirganda xarid summasining 1 foizi miqdoridagi to‘lov o‘rniga, xarid summasida to‘langan QQS summasi qaytariladi.
2023-yil 1-iyundan qishloq xo‘jaligi sohasidagi barcha subsidiyalar “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga subsidiya berish” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Prezidentning tegishli qarori doirasida Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga 2023-yilda 400 milliard so‘m budjet ssudasi yillik 10 foiz stavkada ajratiladi.
Vazirlik huzurida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini tahlil qilish markazi tashkil etiladi. 2023-yilda har bir viloyatda o‘rtacha 250-300 gektardan namunaviy bog‘-tokzorlar barpo etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvaga ozuqa yetishtirish uchun beriladigan yerlar maydoni 2 gektardan 5 gektarga oshiriladi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q