"Ma’naviyat festivali” Uchquduq va Nurota tumanlaridagi maktablarni qamrab oldi

Saqlash
23:57 / 01.04.2023 1662 0

“Ma’naviyat festivali” doirasida Uchquduq tumanidagi 5-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi targ‘ibotiga bag‘ishlab “Xalqchil Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

 

 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni sho‘ba mudiri Abduhalil Mavrulov, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati raisi Baxtiyor Husanov hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari - falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori Munira Kahhorova, O‘zbekitsonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova hamda tumandagi hamkor tashkilot vakillari ishtirok etdi.

 

 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda amalga oshirilayotgan siyosiy jarayonlar xususida so‘z yuritdi.

 

 

Shundan so‘ng O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova tomonidan aytilgan diltortar kuy-qo‘shiqlar hamda tuman yoshlari tomonidan ijro etilgan she’r va raqslar yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

 

 

Festival doirasidagi navbatdagi tadbir Nurota tumanidagi “Amir Temur” MFY aholisi bilan ushbu mahalla hududida joylashgan 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining faollar zalida bo‘lib o‘tdi.

 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni sho‘ba mudiri Abduhalil Mavrulov, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi - Filologiya fanlari nomzodi Olim Toshboyev, Psixologiya fanlari doktori, dotsent Feruza Akramova, “Qibray sadosi” gazetasi bosh muxarriri, Toshkent viloyati kengashi deputati Gulnora Axmedova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulla Shomag‘rupov hamda tuman mutasaddilari, hamkor tashkilot vakillari ishtirok etdi.

 

 

Tadbir davomida yangilanayotgan Konstitutsiyamizdagi o‘zgarishlar, unda o‘z ifodasini topgan huquqiy me’yorlar va qadriyatlar xususida ma’lumotlar berildi.

 

 

Shuningdek, respublikadan tashrif buyurgan taniqli san'atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinkilik ulashdi.

 

 

Keyingi manzil esa Nurota tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bo’ldi.

 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni sho‘ba mudiri Abduhalil Mavrulov, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi - Filologiya fanlari nomzodi Olim Toshboyev, Psixologiya fanlari doktori, dotsent Feruza Akramova va boshqa taniqli shaxslar ishtirok etdi.

 

Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan tadbir kuy va qo'shiqlarga ulanib, barchaga yuqori kayfiyat ulashdi.

 

Nurota tumanidagi 10-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida ham “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

 

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni masʼul xodimi Otabek Bozorov, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Kozim Tojiyev, Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari qatnashdi.

 

Tadbir davomida Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, shuningdek, Referendum o‘tkazish tartibi, unda ishtirok etish bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar har bir fuqaro uchun imkoniyatlar eshigini ochishi, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirishi va hayotning barcha sohalarini liberallashtirishda muhim omil bo‘lishi hamda yangi davrni boshlab berishi eʼtirof etilib, kiritilayotgan yangi normalar xususida ma’lumotlar berildi.

 

 

Shuningdek, mazkur tadbirlar davomida 97 yoshli ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Mavlon bobo Adizov holidan xabar olindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//